26/04/2026
・・・
Jahon dizayn sanoatining bosh tadbirlaridan biri bo‘lmish “Milan Design Week” doirasida 20–26-aprel kunlari bo‘lib o‘tayotgan “O‘rik gullaganda” ko‘rgazmasiga, uning dastlabki uch kunlik faoliyati davomida 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.
U 12 nafar xalqaro dizayner hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istondan 12 nafar hunarmandni birlashtirgan tadbir loyihalariga bevosita muloqotlar mobaynida sayqal berilib, Milanga yetib borishdan ilgari O‘zbekistonda takomiliga yetkazilgan.
Qo‘l mehnati namunalarida an’anaviy uslub va ashyolar, shu jumladan, kashtachilik, so‘zana, yog‘och o‘ymakorligi va boshqa hunarmandchilik amaliyotlaridan foydalanilgan. Har bir buyum aql-idrok, mahorat va madaniy xotirani o‘zida mujassam etadi.
Bu yerda madaniyatdan nafaqat bahramand bo‘lish, balki o‘zgacha ovoz, an’anaviy nonimizning ta’mi va bilimlar almashinuvi orqali beixtiyor his etish mumkin.
____
The exhibition “When the Apricot Blossoms”, held from 20 to 26 April as part of Milan Design Week—one of the key events in the global design industry—welcomed over 10,000 visitors in its first three days.
Bringing together 12 international designers and 12 artisans from Uzbekistan and Karakalpakstan, the showcased projects were developed through close collaboration and realised in Uzbekistan before travelling to Milan.
The works employ traditional techniques and materials, including embroidery, suzani, wood carving, and other craft practices. Each piece carries with it knowledge, craftsmanship, and cultural memory.
Here, culture can not only be seen but also experienced—through sound, the taste of traditional bread, and the exchange of knowledge.